ITSVda bo‘lib o‘tgan yig‘ilish yakuniga ko‘ra, mas’ul rahbarlarga O‘zbekiston-Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasini ishga tushirishni tezlashtirish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.
Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha 19 ta hujjat, jumladan, Amudaryo suv resurslarini boshqarish, muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish to‘g‘risida, transport va tranzit hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.
O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarida O‘zbekiston energetika sohasida, jumladan, Turkmanistondan elektr energiyasi, gaz va neft mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi.
14−15 iyul kunlari Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi. U prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazadi va Samarqandga boradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida qatnashish uchun Ashxobod shahriga bordi. Uni aeroportda Turkmaniston prezidenti kutib oldi. Ikki davlat rahbarlari sammit oldidan muzokara o‘tkazdi.
Turkmaniston prezidentining Toshkentga tashrifi davomida 23 ta hujjat imzolandi. Ular orasida Transport, tranzit tashishlar, suvni tejovchi texnologiyalar, adliya, ijtimoiy himoya va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirishga doir hujjatlar imzolangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting